MUVOFIQLIK SERTIFIKATINI RASMIYLASHTIRISH VA BERISH TARTIBI.

Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish sertifikatlash idorasi tomonidan amalga oshiriladi.

Sertifikatlashtirish idorasi tanlash arizachi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.

Ariza beruvchi istalgan vaqtda, sertifikatlashtirish idorasi esa birinchi talabga ko’ra quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:

  1. a) muvofiqlik sertifikati majburiy tartibda bo’lishi kerak bo’lgan mahsulot turlarining ro’yhati yoki ro’yhatdan ko’chirma;
  2. b) akkreditatsiya qilish sohasiga taalluqli bo’lgan mahsulotni sertifikatlash qoidalari;
  3. v) sertifikatlashtirish bo’yicha hizmatlar narhlari (tariflari) preyskuranti;
  4. g) davlat vakolatli idorasida akkreditatsiya qilinganlikni tasdiqlovchi hujjat.

Sertifikatlashtirish idorasi ko’rsatib o’tilgan hujjatlar nuskhalarini taqdim etganlik uchun nuskhalarni tayyorlash harajatlaridan ortiq bo’lmagan miqdorda to’lov undirishga haqlidir.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish uchun ariza beruvchi sertifikatlashtirish idorasiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

ishlab chiqarilayotgan mahsulotga me’yoriyhujjat nuskhasi;

mahsulotni yorlig’idan namuna (mahsulot to’hrisida ahborot);

gigienik hulosa nuskhasi. Ariza beruvchi tomonidan ayni bir vaqtda gigienik hulosa va muvofiqlik sertifikati olishga ariza berilgan taqdirda gigienik hulosa nuskhasi, rasmiylashtirilgandan keyin taqdim etiladi.

CHetdan olib kelinayotgan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun quyidagilar taqdim etiladi:

ishlab chiqarilayotgan mahsulotga me’yoriy hujjat nuskhasi (u mavjud bo’lganda);

gigiena hulosaning nuskhasi;

O’zbekiston Respublikasining bojkhona hududiga etib kelganligi to’g’risida belgi qo’yilgan tovarning ilova hujjati (tovar-transport yuk hati, invoys, schyot-faktura) nuskhasi.

Sertifikatlashtirish maqsadida sertifikatlashtirish idorasiga standartlash bo’yicha rasmiy, ‘O’zstandart’ agentligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriyhujjatlar nuskhalari taqdim etiladi, boshqa hollarda, shu jumladan o’z ehtiyojlari uchun, tasdiqlanmagan nuskhalardan foydalanilishi mumkin.

Arizada nazarda tutilgan taqdirda, sertifikatlashtirish idorasi sertifikatlashtirish ishlarini gigienik, veterinariya va fitosanitariya hulosalari nuskhalarini olish muddatini kechiktirgan holda boshlashi mumkin.

Bu holda sertifikatlashtirish idorasi muvofiqlik sertifikatini faqat ariza beruvchi tomonidan ijobiy natijalarga ega bo’lgan hujjatlarning barcha zarur nuskhalari taqdim etilgandan keyin berishga haqlidir.

Sertifikatlashtirish idorasi ariza berilgan kundan boshlab ikki kun muddatda joyiga borib sertifikattsiya sinovlarini o’tkazish uchun mahsulot namunalarini tanlab oladi va identifikatsiya qiladi.

Namunalar soni, tanlab olish tartibi, identifikatsiya qilish va saqlash qoidalari mahsulotga normativ hujjatlarda belgilanadi.

Ariza beruvchi o’z mahsulotining tanlab olinishida va sinovlarida qatnashish huquqiga ega. Bunda laboratoriyada mahfiylikni ta’minlash chora-tadbirlari ko’rilishi kerak.

Namunalarning saqlanishi, sifati va sinovlarining ishonchliligi uchun ‘O’zstandart’ agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriya (markaz) javob beradi. Sinov bayonnomalarini mas’ul mutahassislar imzolaydi va laboratoriya rahbari tasdiqlaydi.

Ariza beruvchi sertifikatlashtirish idorasiga akkreditatsiya qilingan laboratoriyalardagi mahsulot sinovlari bo’yicha qo’shimcha hujjatlarni taqdim etishi mumkin. Agar mahsulotni alohida parametrlari bo’yicha sinovlar turli sinov laboratoriyalarida o’tkazilgan bo’lsa, u holda sinovlarning ijobiy natijalari bilan birga barcha zarur protokollarning mavjudligi mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligining ijobiy bahosi hisoblanadi.

Respublikada chetdan keltiriladigan, majburiy tartibda sertifikatlanishi kerak bo’lgan mahsulotga normativ hujjat mavjud bo’lmaganda, sifat va havfsizlik bo’yicha sertifikatsiya sinovlari mahsulotning ana shunday turlari talablariga muvofiqligi yuzasidan amalga oshiriladi.

Arizachi tomonidan chetdan olib kelinayotgan mahsulotga zarur normativ hujjat yoki tekhnik tasnifnomalar taqdim etilmagan taqdirda, mazkur mahsulotni sertifikatlash mahsulotning ana shunday turlariga hujjatlar bo’yicha yoki gigienik hulosalari asosida, uni identifikatsiya qilgan holda amalga oshiriladi (oziq-ovqat mahsulotiga va oziq-ovqatga qo’shiladigan mahsulot uchun).

Laboratoriya sinovlarining salbiy natijalari, shuningdek hujjatlarning to’liq bo’lmagan komplektini taqdim etish muvofiqlik sertifikati berishni rad etish uchun asos hisoblanadi, bu to’g’rida sertifikatlashtirish idorasi ariza beruvchiga aniq qonunchilik normalarini ko’rsatgan holda yozma ravishda habar qiladi.

Hulosa berishni rad etganlik yuzasidan ariza beruvchi belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.

Sertifikatlashtirish idorasi taqdim etilgan hujjatlar va sinovlarning ijobiy natijalari asosida ikki ish kuni mobaynida muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi.

CHetdan olib kelinayotgan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati ularning yaroqlilik muddatiga (mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga), ega bo’lmagan mahsulotlarga esa amal qilish muddati ko’rsatilmasdan, ko’plab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun – 3 yilga beriladi. Ko’plab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sertifikatlangan deb hisoblanadi.

Ko’plab ishlab chiqariladigan mahsulotga muvofiqlik sertifikati berish uchun sertifikatlashtirish idorasi ariza beruvchida mahsulotni ko’plab ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlar mavjudligini aniqlash maqsadida mahsulot ishlab chiqariladigan ob’ektlarni belgilangan tartibda tekshiradi. Tekshirish natijalari bo’yicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi, undan muvofiqlik sertifikati berish to’g’risida qaror qabul qilishda foydalaniladi.

O’tkazilgan tekshirishlar natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar muvofiqlik sertifikatida keltiriladi.

Tekshirishni o’tkazish muddati, ishlab chiqarishning shakli va toifalariga ko’ra, sinovlar uchun namunalar tanlab olingan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan oshmasligi kerak. Tekshirish o’tkazilganligi uchun to’lov amalda sarflangan vaqt bo’yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan harajatlar kal’kulyatsiyasiga binoan undiriladi.

Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati sertifikatlashtirish idorasi tomonidan sinovlar natijalari olingan vaqtdan boshlab 5 ish kunidan oshmasligi kerak.

Ko’plab ishlab chiqariladigan mahsulot uchun muvofiqlik sertifikati bergan sertifikatlashtirish idorasihar yili kamida bir marta, mahsulotning sertifikatlashtirishda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida, sertifikatlashtirilgan mahsulotni inspektsiya nazorati tekshiruvini o’tkazadi.

Inspektsiya nazorati natijalari bo’yicha muvofiqlik sertifikatining amal qilishi tasdiqlanishi yoki to’htatib turilishi yohud belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.

Laboratoriya sinovlarini o’tkazganlik, sertifikatni rasmiylashtirganlik va berganlik uchun to’lov tartibi, litsenziya ajratmalari miqdorlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ‘O’zstandart’ agentligining yo’l-yo’riq hujjatlarida belgilanadi.

ISHONCH TELEFONLARI

  • (0373) 543 11-13

Саll-center

  • (0373) 543 11-13

Murojaatlar statistikasi

  • Yozma murojaatlar - 2
  • Og’zaki murojaatlar - 2
  • Veb sayt orqali kelib tushgan murojaatlar - 2
  • YaIDHP (my.gov.uz) orqali kelib tushgan murojaatlar - 9
  • Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlar - 1

2019 -“Yil Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yil”


Statistika

  • Хозир сайтда
  • Барча ташриф

  • : 0
  • : 95,083

ТАКВИМ

fevral 2016
dusecho pay jushan yak
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
29