CHET EL MUVOFIQLIK SERTIFIKATLARINI E’TIROF ETISH.

Sertifikatlashtirish idorasi e’tirof etish to’g’risida bitim tuzilgan MDH mamlakatlaridan va uzoq horijiy mamlakatlardan olib kelinadigan mahsulotga sertifikatlarni e’tirof etish huquqiga ega.

E’tirof etish tartiboti sertifikatlashtirish idorasining mahsulotni sertifikatlashtirish tartibida, “O’zstandart” agentligining normativ hujjatlariga muvofiq belgilangan bo’lishi kerak.

Halqaro tizimlar va bitimlar doirasida amalga oshiriladigan sertifikatlarni e’tirof etish ushbu tizimlar va bitimlarda belgilangan, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo’lmagan qoidalarga muvofiq o’tkaziladi.

Sertifikat talablarga muvofiq bo’lgan, O’zbekiston Respublikasida belgilangan ana shunday talablardan qolishmaydigan mahsulot uchun e’tirof etiladi.

Normativ hujjatlarda sertifikatlashtirish uchun shart bo’lgan yoki kontraktda belgilangan qo’shimcha talablar mavzhud bo’lgan taqdirda mahsulot ushbu talablarga muvofiqlik yuzasidan sinab ko’rilishi kerak.

Olingan hujjatlar va materiallarni tahlil qilish, shuningdek mahsulotni identifikatsiyalash asosida sertifikatlashtirish idorasi chet el muvofiqlik sertifikatini e’tirof etish (etmaslik) to’g’risida qaror qabul qiladi.

Eksport qiluvchi mamlakatning Milliy sertifikatlashtirish tizimiga berilgan muvofiqlik sertifikatini e’tirof etish uni import qiluvchi mamlakatning muvofiqlik sertifikatiga qayta rasmiylashtirish va reestrga kiritishdan iborat.

ISHONCH TELEFONLARI

  • (0373) 543 11-13

Саll-center

  • (0373) 543 11-13

Murojaatlar statistikasi

  • Yozma murojaatlar - 2
  • Og’zaki murojaatlar - 2
  • Veb sayt orqali kelib tushgan murojaatlar - 2
  • YaIDHP (my.gov.uz) orqali kelib tushgan murojaatlar - 9
  • Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlar - 1

2019 -“Yil Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yil”


Statistika

  • Хозир сайтда
  • Барча ташриф

  • : 0
  • : 99,588

ТАКВИМ

fevral 2016
dusecho pay jushan yak
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
29