TASHKILOT HAQIDA

– Iste’molchini sifatsiz, shu jumladan fuqorolarning hayoti, sog’ligi va mol-mulkiga xavf tug’diruvchi, atrof muxitga zarar yetkazuvchi o’zaro almashinuvchanlik va moslashuvchanlik talablarini o’lchash uslublari va yorliqlash qoidalari birliligini ta’minlamaydigan mahsulotlardan ximoyalash;

– Mahsulotlarni sertifikatlashtirilishini tashkil etish va uni o’tkazishda respublika standartlari va xalqaro standartlarni qo’llash asosida mahsulot sifatiga qo’yiladigan talablarni uyg’unlashtirish, sifat tizimlarini joriy qilish va ularni muvofiqlashtirish;
– Xalqaro bozorda mahsulotlarning raqobatbardoshligiga ko’maklashish;

– Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimlarini yaratishda qatnashish, shu ҳisobda Sertifikatlashtirish milliy tizimi doirasida o’tkaziladigan sertifikatlashtirish natijalarini chet elda tan olinishi uchun sharoitlar yaratish;
– Xalqaro standartlar talablari asosida sifat tizimini joriy qilish, mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda va hizmatlar ko’rsatadigan idora va tashkilotlarda joriy qilish;

– Xalqaro standartlar talablari asosida sifat menejmenti tizimini (SMT) ishlab chiqish va yo’nalish bo’yicha uquv kurslarini tashkillashtirish, Respublika va xalqaro miqiyosida seminarlar, konferentsiyalar tashkillashtirish xizmatlarini ko’rsatish;
– Markaz tarkibiga kiruvchi laboratoriyalarda sinash tizimini rivojlantirish hamda ularning SMT akkreditatsiyalanishiga tayyorlanishini ta’minlash, ayrim funktsiyalarni bajarish uchun shartnoma tuzish asosida Markaz tarkibiga kiruvchi laboratoriyalarni yoki mutahassislarni jalb qilish;

– Me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq mahsulotlarni sinash protsedurasini takomillashtirish va o’tkazish;
– Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sinash masalalari bo’yicha Markaziy kadrlar tarkibining doimiy tizimli tayyorgarligi va malakasini oshirish chorasini ta’minlash.
Sertifikatlashtirish idoralariga mahsulotlarni sertifikatlashtirish uchun 1 yilda o’rtacha 1 000 ga yaqin ariza va murojaatlar tushadi.

O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida belgilangan tartibga asosan sertifikatlashtirish ishlari natijasida jami 80 milliard so’mlik mahsulotlarga 1300 ga yaqin muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi.
Uzluksiz ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish (3 va 4 chizma bo’yicha) natijasida viloyatda joylashgan korxona va tadbirkorlarga 60 ta muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi.

Sertifikatlashtirish bo’yicha bazhariladigan ishlar hajmi jami 150mln.ming so’mni tashkil etadi.

Sinov Labaratoriyalari Ma’jmuasi tomonidan yil davomida umumiy qiymati 170 mlrd. so’mlik mahsulotlar bo’yicha 1 900 ga yaqin sinovlar o’tkazilib, 1000 ga yaqin sinov bayonnomalari rasmiylashtiriladi.

Mahsulotlarni geometrik va mekhanik kattaliklari buyicha sinov laboratoriyasi tomonidan 1,5 mlrd. so’mlik mahsulotlar bo’yicha 4200 ta sinov o’tkazilib, 1500 ta sinov bayonnomalari rasmiylashtiriladi.

Sinov ishlari bo’yicha bajariladigan ishlar hajmi jami 182 mln.ming so’mni tashkil etadi.
“O’lchash vositalarini davlat metrologik tekshiruvi” bo’limi tomonidan o’lchash vositalarini majburiy davlat ko’rigidan o’tkazish uchun metrologik qiyoslov shartnomalarini amalga oshirish borasida bo’lim tomonidan 42 ming dona o’lchov vositasi davlat ko’rigidan o’tkazilib qiyoslanadi.

Korxona va tashkilotlarga jami 250 mln. so’mlik davlat metrologik xizmatlari ko’rsatiladi.
Sifat tizimini joriy qilish sohasida xududdagi 200 dan ortik korxona bilan SMT joriy etish ishlari Qo’qon SSM DK tomnidan olib boriladi. Bularning ichida «Qo’qon poyabzali» MCHJ, «Imkon» XSICHK, «Yaypan gips» MCHJ, «Imano Gruppa» MCHJ, «Ziyoli Bagdod» XK, «Suvli buyok» MCHJ, «Ruzmatjon ota» XK, «Elnur» XK, «Yuksalish gipso invest »MCHJ,« Romello »XK,« Premium Koja »MCHJ,« Navruz » XK,« Los-Gigantes tekstil » MCHJ QK,« Qo’qon Asaka tekstil » MCHJ QK,« Vodiy Shifer Savdo » MCHJ lar bor.
SBT joriy qilish ishlaridan 50 mln.so’m Markazga kelib tushadi.

ISHONCH TELEFONLARI

  • (0373) 543 11-13

Саll-center

  • (0373) 543 11-13

Murojaatlar statistikasi

  • Yozma murojaatlar - 2
  • Og’zaki murojaatlar - 2
  • Veb sayt orqali kelib tushgan murojaatlar - 2
  • YaIDHP (my.gov.uz) orqali kelib tushgan murojaatlar - 9
  • Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlar - 1

2019 -“Yil Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yil”


Statistika

  • Хозир сайтда
  • Барча ташриф

  • : 0
  • : 87,793

ТАКВИМ

fevral 2016
dusecho pay jushan yak
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
29