TARIXqwer

Xalq ho’jaligida o’lchash texnikalaridan unumli foydalanish maqsadida Farg’ona vodiysida birinchi bo’lib Qo’qon shahrida 1924 yil 15 yanvarda «Palata mer i vesov» (O’lchov va tarozilar palatasi) ishga tushirilgan.

Bunday palata uchun Qo’qon shahrining tanlanishi tasodif emas edi, albatta. Chunki Qo’qon Farg’ona vodiysidagi eng yirik savdo va sanoat shahri bo’libgina qolmasdan, mamlakatning turli tomonlari bilan bog’laydigan muhim temir yo’l tarmoqlariga ham ega edi. Shahar korxonalarining ishchilari va muhandis-texnik hodimlari o’z korxonalarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmini ko’paytirish, sifatini yahshilash uchun bor kuch va imkoniyatlarini to’la ishga solib, g’ayrat-shijoat ko’rsatib ishlardilar.

Palataning tarozi o’lchov va tarozilar bo’yicha qonuniy xarakatlari 1924-1935 yillarda Qo’qon, Namangan, Andijon, O’sh, Jalolobod, Marg’ilon, Asaka, Farg’ona, O’zgan, Ho’jand, Isfara, Maylisoy, Qizil-Qiya, Shurob va Suluxta shaharlarida o’z ta’sirini ko’rsatgan.

O’sha yillardayoq palata 50 kg, 5 kg, 500 g, 200 g, 20 g.li namunali o’lchov vositalari (tosh-tarozilari)ga ega bo’lganligini tarihiy faktlar ko’rsatib turibdi.

Agar biz hozirgi Qo’qon sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korhonasining sermashaqqat bilan bosib o’tgan yo’liga nazar tashlajdigan bo’lsak, quyidagilar ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi:

1924 yil      15 yanvarda «Palata mer i vesov» (O’lchov va tarozilar palatasi) ishga tushirilgan.

1941 yilda  Ikkinchi jahon urushi yillarida Qo’qon laboratoriyasining ishchi-xizmatchilari frontga yuborilgan. Ular frontda ham vatanni munosib himoya qilishgan.

1945 yilda  Namangan va Andijon shaharlarida Qo’qon laboratoriyasiga bo’ysunadigan doimiy bo’linmalari tashkil etilgan.

1954 yilda  Farg’ona viloyat boshqarmasi Qo’qon shahridan Farg’ona shahriga ko’chirilgan. Qo’qonda viloyat boshqarmasining tumanlararo bo’limi qolgan.

1968 yilda  Qo’qon Davlat nazorati laboratoriyasi deb nomlangan.

1988 yilda  Qo’qon davlat nazorati laboratoriyasi Qo’qon standartlash va metrologiya markaziga (Qo’qon SMM) aylantirilgan.

1991 yilda  Qo’qon regional standartlash, metrologiya va sertifikatlash markaziga (Qo’qon RSMSM) aylantirilgan. Qo’qon RSMSMda oziq-ovqat va qishloq ho’jalik mahsulotlarini sinash laboratoriyasi va mahsulotlarni sertifikatlash bo’limi tashkil qilingan.

2002 yilda  Qo’qon sinov va sertifikatlashtirish markaziga aylantirilgan.

2003 yilda  Sinov laboratoriyasi doirasiga parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini sinash qo’shilgan.

2004 yilda  Korxonalarda sifatni boshqarish tizimini joriy etish sektori tashkil qilindi.

2005 yilda  “Mahsulotlarning mexanik va geometrik kattaliklarini sinash laboratoriyasi” tashkil etildi.

2006 yilda  Qo’qon SSM sinov laboratoriyasi “Fizik-kimyoviy ko’rsatkichlar bo’yicha sinov majmuasi”ga aylantirildi.

2007 yilda  Qo’qon sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korhonasiga aylantirilgan.

2009 yilning dekabr oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 15 dekabrdagi №PQ-1239-sonli Qaroriga muvofiq, Qo’qon shahar hokimining 2009 yil 18 dekabrdagi № 460-sonli Qaroriga asosan Qo’qon shahrida amalgam oshirilgan keng ko’lamdagi bunyodkorlik ishlari natijasida Qo’qon SSM DKga tegishli bo’lgan Qo’qon shahar Istiqlol ko’chasida joylashgan 7, 9, 11-uylar binolari buzilganligi sababli Markaz Qo’qon shahar General Uzaqov ko’chasi 86-uyda joylashgan Qo’qon shahar Halq ta’limi bo’limiga qarashli 1-sonli kechki maktab binosiga vaqtincha ko’chirildi.

Bino Markaz to’la quvvat bilan ishlashi uchun etarli sharoitlarga ega emasdi. Xonalari yetarlicha emas, buning ustiga tor, yorug’lik talab darajasida emasdi. Talab etiladigan 380 kVt elektr energiyasi esa mavjud bo’lmagan. Lekin bularning barchasi vaqtinchalik ekanligini jamoa yahshi bilardi. Qariyb 4 yil davomida bu qiyinchiliklarga qaramay, jamoa a’zolari har yili o’z oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun bir yoqadan bosh chiqarib, sidqidildan ishlab keldi.  Jamoa bunday sharoitda ishlab, belgilangan rejalarni ortig’i bilan bajarib kelgan.

2013 yilga kelib Markazga bino ajratildi. Qo’qon shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli eski 16-maktab binosi Markaz balansiga o’tkazib berildi. Mazkur binoni ishlash sharoitlariga moslash uchun rekostruktciya qilinishi talab etilardi. Shu sababli “O’zstandart” agentligining Maxsus jamg’armasi hisobidan binoni rekonstruktciya qilish uchun mablag’ sarflanib, zamonaviy ko’rinishga olib kelindi. Endilikda bu binoda nafaqat ish sharoitlari, balki kelgusida yangi xizmat turlarini tashkil qilish uchun ham barcha qulay shart-sharoitlar mavjud.

Buning natijasida yangi sinov laboratoriyalari tashkil etildi. Jumladan:

2015 yilda  Qo’qon SSM DK “Fizik-kimyoviy ko’rsatkichlar bo’yicha sinov majmuasi”  va “Mahsulotlarning mexanik va geometrik kattaliklarini sinash laboratoriyasi” birlashtirilib, “Sinov laboratoriyalari majmuasi” tashkil etildi va vakolat doirasi maishiy elektr jihozlarini sinash usullari bilan kengaytirildi.

0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0

ISHONCH TELEFONLARI

  • (0373) 543 11-13

Саll-center

  • (0373) 543 11-13

Murojaatlar statistikasi

  • Yozma murojaatlar - 2
  • Og’zaki murojaatlar - 2
  • Veb sayt orqali kelib tushgan murojaatlar - 2
  • YaIDHP (my.gov.uz) orqali kelib tushgan murojaatlar - 9
  • Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlar - 1

2019 -“Yil Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yil”


Statistika

  • Хозир сайтда
  • Барча ташриф

  • : 2
  • : 87,800

ТАКВИМ

fevral 2016
dusecho pay jushan yak
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
29